“Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shahar va tuman Kengashlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod uchun imzo to‘planmoqda.

Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari tomonidan Nukus shahri markazidagi Amir Temur nomidagi istirohat bog‘ida imzo to‘plash punkti tashkil qilindi. Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar mamlakatimizda bo‘layotgan siyosiy jarayonlarga, islohotlarga befarq emasliklarini namoyon etdi.

Nukus shahri va barcha tumanlarda davom etayotgan saylov kampaniyasida Amudaryo, Beruniy, Bo‘zatov va Chimboy tumani Kengashlari peshqadamlik qilmoqda. Jarayonlarda partiyadan saylangan mahalliy Kengashlardagi 65 nafar deputat hamda 418 ta BPT a’zolari, partiya faollari saylovchilar imzosini to‘plash ishlarida yakdil ishtirok etmoqda.

Oliy ta’lim muassasalaridagi imzo to‘plash punktlarida ishlar namunali tarzda olib borilmoqda. Mana shunday tadbir Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston davlat san’át va madaniyat instituti Nukus filialida ham tashkil etildi.


Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri