Bu haqda juma kuni Xitoy – Markaziy Osiyo sammitida XXR raisi Si Szinpin bayonot berdi.

“Navbatdagi sammit 2025 yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi”, – deya keltiradi Si Szinpin so‘zlarini Xitoy Markaziy televideniyesi.

Xabarda aytilishicha, Xitoy va Markaziy Osiyo yetakchilari ushbu formatdagi majlisni navbat bilan har ikki yilda Xitoyda va Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘tkazishga kelishib olishgan.

Majlisda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etdi. Sammit 18-19 may kunlari Xitoyning Shensi provinsiyasida Sian shahrida bo‘lib o‘tmoqda.