O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Xalq IPO” sini o‘tkazish uchun yetakchi maslahatchini jalb qilish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.
Maslahatchi “Xalq IPO” si o‘tkaziladigan korxonalarni o‘rganib, aksiyalarni sotish tartibi bo‘yicha takliflar taqdim etishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, undan bitimda ishtirok etadigan korxonalar uchun mezonlar ishlab chiqish va joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlar sonini sanab chiqish talab etiladi. Maslahatchi anderrayterlar, brokerlar va bu jarayondagi boshqa ishtirokchilarning ishini muvofiqlashtiradi.
Da’vogar kompaniyalar taqdim etadigan tijoriy takliflar joriy yilning 1 iyuniga qadar qabul qilinadi. Talabnomalarni ko‘rib chiqishda konsalting kompaniyalarining 2018 yildan keyingi MDH davlatlarining shunga o‘xshash loyihalari bo‘yicha tajribasi ham hisobga olinadi.
Prezidentimizning joriy yil 24 martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘rg‘isida”gi qaroriga muvofiq, “Bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida “xalq IPO” si o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi eng yaxshi takliflarni saralab, savdo jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun professional tashkilotlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Roman BONDARCHUK, O‘zA muxbiri