bugungi kun doirasidagi so‘nggi, oltinchi final jangi +92 kilogramm vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Tokio Olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni Bahodir Jalolov kubalik Fernando Lopes Arzolaga qarshi bahs olib bordi. Chempionlik jangi 1 raund davom etdi. Kubalik bokschi raqibiga taslim bo‘lganligini bildirgandan keyin hakamlar Bahodir Jalolovning g‘alabasini e’tirof etishdi. Shu tarzda Jalolov havaskor boksda ikkinchi bor jahon chempionligini tantana qildi.
Shu tariqa bugungi finalga chiqqan uchala bokschimiz – Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov o‘z vazn toifalarida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Uchala bokschimizga ham 200 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti beriladi.
Ertaga jang qiladigan 4 nafar bokschimizdan ham oltin medal kutib qolamiz.
T.RO‘ZIEV,
O‘zA