Turkiyada o‘tadigan tarixiy ahamiyatga ega prezidentlik va parlament saylovida 64 milliondan ziyod fuqaro davlat kelajagi uchun ovoz beradi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8.00 da ochilib, 17.00 da yopiladi. Respublikada va xorijda jami 191 ming 884 saylov qutisi o‘rnatilgan. Jarayon tugagach, birinchi navbatda nomzodlar uchun berilgan ovozlar sanab chiqiladi.
Prezident saylovida uch nomzod qatnashmoqda, g‘alaba qozonish uchun ulardan biri 50 foizdan ko‘p ovoz to‘plashi kerak. Mahalliy siyosatchilar saylov ikki turda o‘tkazilishini taxmin qilishyapti. Farazlar amalga oshsa, keyingi bosqich 28 may kun bo‘lib o‘tadi. Prezidentlik uchun kurash, asosan, amaldagi rahbar Rejep Tayyip Erdog‘an va muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li o‘rtasida kechishi kutilmoqda.
“Alyans ATA” o‘ng blogi nomzodi Sinan Oganning imkoniyati ancha past, deyilmoqda.
“Vatan” partiyasi vakili Muharram Inje 11 may kuni kurashdan chekinganini ma’lum qilgan.
Buyuk Millat Majlisi saylovida parlamentdagi o‘rinlar uchun 36 partiya vakillari kurash olib boradi.

O‘zA