Bugun Moskva aeroportlarida 21 reys bekor qilindi yoki kechiktirildi. Bu haqdagi ma’lumot parvozlarni onlayn kuzatish imkoni mavjud bo‘lgan «Yandeks.Raspisaniya» saytida paydo bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, “Vnukovo” aeroportida ikkita reys kechiktirilgan va oltitasi bekor qilingan, “Sheremetevo”da bir samolyotning uchish vaqti o‘zgartirilgan. “Domodedovo”da yetti laynerning parvozi keyinga surilgan, beshta parvoz umuman amalga oshirilmagan. “Jukovskiy”da esa jadvaldagi reyslar to‘xtatilishi haqida ma’lumot ko‘rsatilmagan.
May oyi boshida sayyohlar muttasil parvoz tufayli teri saratoniga chalinishi mumkinligi to‘g‘risida dermatologlar tomonidan ogohlantirilgandi. Mutaxassislar yuqori balandlikda quyosh nurining teriga salbiy ta’siri sezilarli darajada oshishini ta’kidlagan.
Oqil Abdubarnoyev, O‘zA