“Kazinform” xabar berishicha, Qozog‘iston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yetti mingga yaqin xotin-qiz shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tamoqda. Ularning sakkiz yuz nafari zobit, 2 mingga yaqini serjant va 4 mingdan ziyodi askar.

– Yetti nafar harbiy-ayol mudofaa vaziri yordamchisi, vazirlik bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, harbiy gospital, baza, markaz va kasalxona rahbari o‘rinbosari singari yuqori lavozimlarni egallashi kutilmoqda, – deyilgan axborotda.

Nigina Safarmatova, O‘zA