BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish G‘azodagi so‘nggi o‘zgarishlarni va vaziyatning davom etayotgan keskinlashuvini chuqur tashvish bilan kuzatib bormoqda. U tinch aholi, jumladan, bolalar va ayollarning o‘limi juda ayanchli ekanligini bildirmoqda.

“Isroil xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi kerak, jumladan, kuch ishlatish va harbiy amaliyotlar o‘tkazishda tinch aholi va fuqarolik ob’ektlarini himoya qilish uchun barcha mumkin bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rish lozim”, — deyiladi tashkilot rahbari nomidan e’lon qilingan bayonotda.

Bosh kotib, shuningdek, Isroilning G‘azoda o‘tkazgan raketa hujumlarini qoralaydi, bu xalqaro gumanitar qonunlarni buzadi. Bu esa ham Falastin, ham Isroil tinch aholisini xavf ostiga qo‘yadi.

“Bosh kotib barcha manfaatdor tomonlarni yuqori darajada tiyilish va harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish uchun choralar ko‘rishga chaqiradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tegishli rezolyutsiyalari, xalqaro huquq va ikki tomonlama kelishuvlar asosida mojaroni hal qilishda falastinliklar va isroilliklarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlaydi”, — deyiladi bayonotda.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda G‘azo bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari yopilgan. Buning oqibatlaridan biri oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg‘i kabi hayotiy  ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan narsalarni olib ketayotgan 600 yuk mashinasi G‘azoga kiraolmagan.

 

O‘zA