O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir A.Aripov rahbarligida “Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash” masalasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy soha xodimlari, xususan, shifokorlar, o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni jamoat ishlariga jalb qilishning oldini olish, majburiy mehnatga taqiq qo‘yish, rahbar xodimlarning hududlarda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yishining oldini olishga qaratilgan topshiriqlari ijrosi, bu borada aniq mexanizmni ishlab chiqish va qat’iy nazorat o‘rnatish borasidagi ishlar muhokama etilmoqda.