5 may kuni Turkiyaning Konya viloyatida Yevropadagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi o‘z faoliyatini boshlaydi.

Anadolu agentligining yozishicha, «Karapinar» deb nom berilgan elektr stansiyasi quvvati 1350 MVt bo‘lib, maydoni 20 million kvadrat metrga yetadi. Stansiyada 3 million 256 ming 38 ta quyosh paneli o‘rnatilgan. Ob’ekt qurilishi 2020 yil yanvarda boshlangan edi.

«Karapinar» quyosh elektr stansiyasi to‘liq ishga tushgach, Turkiyaning quyosh energetikasi quvvati 20 foizga oshadi.

Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard dollarga baholanmoqda. Ushbu mablag‘ning  sezilarli qismi Britaniyadagi UKEF  eksport-kredit agentligi  yo‘nalishi bo‘yicha ajratildi, deyiladi xabarda.

Quyosh elektr stansiyasi yiliga 3 milliard KVt elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu Turkiyada elektr energiyasi iste’molining 1 foizini qoplaydi. Taxminan 2 million kishining elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Bundan tashqari, mazkur elektr stansiyasi 2 million tonna zararli chiqindi havoga tarqalishining oldini oladi.