Ozish uchun va semirishga qarshi dori ishlab chiqarish sanoati keyingi o‘n yillikda 200 milliard dollarga yetishi mumkin. «Barclays» farmatsevtika kompaniyasi yevropa tadqiqotlar bo‘limi rahbari Emili Fild Amerikaning CNBC kabel va yo‘ldosh telekanali orqali ushbu statistikani ma’lum qildi.
«Immunoonkologiya o‘tgan o‘n yillikning tarixi bo‘ldi. Semirish keyingi o‘n yillikning tarixiga aylanadi, chamasi. Bizning fikrimizcha, yaqin 10 yilda bozor talabi 100 milliard dollarga yetishi mumkin. Agar ushbu tendensiya davom etaversa undan ikki barobar ko‘p ham bo‘lishi mumkin va biz dunyo bo‘yicha og‘ir vaznlilar soni ko‘payib ketganiga guvoh bo‘lamiz», — dedi Fild.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yillikda semirishning global ko‘rsatkichi qariyb uch barobarga ortgan. Hozirda dunyoda 1 milliardga yaqin odam klinik semirishdan aziyat chekmoqda, Ularning 650 millioni kattalar, 340 millioni o‘smirlar va 39 millioni bolalardir.