Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) joriy yil mart oyida 1042 birlikni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 4,2 foizga oshgan. Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 11 foizlik o‘sish qayd etildi.

Ishbilarmonlik faolligi indeksi quyidagi komponentlar o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 6,3 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘yicha komponent 1,0 foizga kamaygan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 6,6 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 14,7 foizga kamaygan.

Mart oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 6 ta hududda o‘tgan fevral oyiga nisbatan o‘sgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 28,1 foiz, Jizzax – 16,3 foiz, Surxondaryo – 7,7 foiz, Sirdaryo – 6,8 foiz, Xorazm – 6,0 foiz viloyatlari hamda Toshkent shahrida – 3,9 foiz o‘sish kuzatilgan.

Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkich 8 ta hududda – Namangan (- 7,6 foiz), Toshkent (- 6,4 foiz), Farg‘ona (- 6,4 foiz) va Buxoro (- 4,2 foiz) viloyatlarida kamaygan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 654,7 ming tani tashkil etdi va 2023 yilning fevral oyiga nisbatan 333,9 ming tranzaksiyaga oshgan.

Respublikaning 12 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Toshkent (8,2 foiz), Xorazm (8,0 foiz), Farg‘ona (7,3 foiz), Buxoro (6, foiz) va Surxondaryo (6,5 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

IFIning birja komponenti 1,0657 birlikni tashkil etdi. Bu ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,6 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining 8,6 foizga, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha hajmining 4,6 foizga oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023 yil mart oyida 7 173,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 10,4 foizga oshgan. Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari bo‘yicha komponent 2023 yil mart oyida 0,9901 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,0 foizga kamayganligini ko‘rish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham sezilarli darajada – 10,0 foizga kamaygan.

Barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni fevral oyiga (520 596 birlik) nisbatan 7 924 taga kamayib, 512 672 birlikni tashkil etgan. Tahlillar yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 32 taga kamayganini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

MintaqalarIFIHisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponentiFaoliyatdagi sub’ektlar komponentiYangi savdo markalari komponenti
O‘zbekiston Respublikasi↑1042↑1,0627↑1,0657↓0,9901↓0,8532
Qoraqalpog‘iston Respublikasi↑1281↑1,0644↑1,7100↑1,0197↓0,0000
Jizzax viloyati↑1163↑1,0593↑1,2036↑1,0035↑3,0000
Surxondaryo viloyati↑1077↑1,0654↑1,1761↓0,9927↓0,5000
Sirdaryo viloyati↑1068↑1,0210↑1,2309↓0,9912↓0,0000
Xorazm viloyati↑1060↑1,0805↑1,1580↓0,9920↓0,0000
Toshkent shahri↑1039↑1,0817↑1,0473↓0,9742↓0,9027
Navoiy viloyati↓988↑1,0244↑1,0380↓0,9725↓0,0000
Qashqadaryo viloyati↓984↑1,0234↑1,0015↓0,9953↓0,2000
Samarqand viloyati↓973↑1,0321↓0,8899↑1,0124↑1,1111
Andijon viloyati↓970↓0,9760↓0,9474↓0,9169↑1,6000
Buxoro viloyati↓958↑1,0688↓0,9504↓0,9282↓0,0000
Farg‘ona viloyati↓936↑1,0726↓0,7985↑1,0361↓0,4545
Toshkent viloyati↓936↓0,9924↓0,7994↑1,0192↑1,5000
Namangan viloyati↓924↑1,0452↓0,8295↓0,9588↓0,5000

 

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

MintaqalarIFIHisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponentiFaoliyatdagi sub’ektlar komponentiYangi savdo markalari komponenti
O‘zbekiston Respublikasi↑1110↑1.1287↑1.2429↓0.9001↓0.6515
Andijon viloyati↑1640↑1,8592↑2,0000↓0,8069↓0,4000
Jizzax viloyati↑1355↓0,9123↑2,0000↓0,8648↑1,5000
Namangan viloyati↑1291↓0,8296↑2,0000↓0,8669↓0,3333
Sirdaryo viloyati↑1246↓0,7324↑2,0000↓0,8603↓0,0000
Qoraqalpog‘iston Respublikasi↑1158↓0,8725↑1,6268↓0,9190↓0,0000
Qashqadaryo viloyati↑1122↓0,9875↑1,1611↑1,0097↑3,0000
Surxondaryo viloyati↑1088↓0,7406↑1,5089↓0,8863↑1,0000
Toshkent shahri↑1040↑1,2695↓0,9166↓0,9196↓0,8978
Xorazm viloyati↑1011↓0,8519↑1,2523↓0,9644↓0,0000
Samarqand viloyati↓999↓0,9278↑1,1605↓0,9081↓0,3448
Toshkent viloyati↓968↓0,8500↑1,1697↓0,8646↓0,4286
Buxoro viloyati↓926↓0,8709↑1,0555↓0,9031↓0,0000
Farg‘ona viloyati↓909↓0,8516↑1,0266↓0,8838↓0,1852
Navoiy viloyati↓874↓0,8565↓0,9040↓0,9653↓0,0000

Savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,8532 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning fevral oyiga nisbatan 14,7 foizga kamaygan. Joriy yilning mart oyida yuridik shaxslar tomonidan 215 ta tovar belgisi va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

B.Meliqulova, O‘zA