O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2023-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):
2-yanvar – dushanba, 24-aprel – dushanba, 30-iyun – juma;
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – seshanba, 20-mart – dushanba, 22-mart – chorshanba, 22-aprel – shanba,
1-iyul – shanba, 2-sentyabr – shanba, 30-dekabr – shanba”.
2. 3-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Madaniyat va turizm vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV
Toshkent shahri,
2023-yil 20-aprel