“O‘zsanoatqurilishbank” xalqaro pul o‘tkazmalar tizimini mijozlar xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda tobora takomillashtirmoqda.
1 apreldan e’tiboran “O‘zsanoatqurilishbank”ning hamma filialida “Zolotaya Korona” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali pul o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar “O‘zsanoatqurilishbank” filiallari qoshidagi 80 ta pul o‘tkazish shaxobchasi orqali “Zolotaya Korona” pul o‘tkazmalari tizimining Rossiya va MDH davlatlaridagi 20 mingdan ortiq shaxobchalariga po‘l jo‘natmalarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ldi.
Bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishbank” barcha filiallarida “UNIStream”, “Contact”, “Western Union”, “AsiaExpress”, “Blizko” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali dunyoning barcha mamlakatlari bilan pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
Qayd etish kerak, bank xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali kelgan mablag‘larni naqd yoxud mijoz nomiga omonat hisob raqamiga yoki uning nomiga ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berish orqali olish mumkin. Bunda valyuta turi mijozning istagidan kelib chiqib belgilanadi.
Ayni qulayliklar pulni jo‘natishga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Eslatib o‘tamiz, pul o‘tkazmalarini qabul qilish yoki jo‘natish uchun yoningizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi, bank operatoriga o‘tkazma raqami hamda miqdorini aytishingiz kifoya!
O‘zsanoatqurilishbank o‘z mijozlarini yuksak qadrlaydi va yanada qulay hamda zamonaviy xizmatlarni joriy qilishda davom etadi!
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Bankning istalgan filialidan, veb-saytdan, shuningdek quyidagi manzildan olishingiz mumkin:
120-45-62,
https://t.me/UzSQB
https://www.facebook.com/uzpsb
UZPSB Mobile ilovasini quyidagi manzillardan yuklab oling:
Android (http://goo.gl/rpgHor), IOS (https://itunes.apple.com/us/app/uzpsb-mobile/id1365850275?l=ru&ls=1&mt=8)