Bugun Dushanbe shahrida “Tojikiston – Markaziy Osiyo: yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro yordam, abadiy do‘stlik va hamkorlikda rivojlanish siyosati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Vladimir Norov ta’kidlaganidek, ushbu uchrashuv xalqlarimiz uchun an’anaviy, tinchlik va ezgulik ramzi bo‘lgan Navro‘z bayrami arafasida bo‘lib o‘tmoqda. “bugungi kunda mintaqamizni nafaqat yagona tarix, madaniyat, an’ana va qadriyatlar, balki umumiy chaqiriqlar, taraqqiyot istiqbolini belgilash zarurati ham birlashtirmoqda”.

Direktorning so‘zlariga ko‘ra, Dushanbe olti yil oldin tuzilgan Maslahat uchrashuvlarida faol ishtirok etish orqali qisqa vaqt ichida hamkorlik formatining maqsad va vazifalarini belgilash, mintaqani birlashtirish yo‘lidagi harakatlarga faol  kirishdi.

“Davlatlarimiz rahbarlarining 2021 yil Turkmanistonning Avaza shahridagi navbatdagi uchrashuvida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, hamkorlik munosabatini rivojlantirish, mintaqada tinchlik va xafvsizlikni mustahkamlash, xalqaro maydonda mamlakatlarimizning umumiy manfaati va tashabbuslarini  ilgari surishdagi mislsiz xizmatlari uchun Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonga birinchi oliy mukofot – “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni” berilishi ham bejiz emas”.

Qayd etilganidek, joriy yil Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bo‘lajak beshinchi yubiley uchrashuvi “tomonlarning aloqalarni  yanada rivojlantirishga bo‘lgan intilishini namoyish etib, mutlaqo yangi, izchil va jo‘shqin xususiyatga ega munosabatni yanada yaqinlashtirishga qo‘shimcha turtki berishi shubhasiz”.

O‘zA