FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportning yakka kurash turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi, erkin kurash, milliy kurash va dzyudo bo‘yicha sport ustasi Jaqsimurat Mambetov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab erkaklar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston erkin kurash Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 100 ga yaqin sportchi 10 vazn toifasida o‘zaro bellashdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Erkinboy Abduvoitov, Jasur Palimbetov, Alpomish Qidirniyozov, Sultonbek Jumaboyev, Sultonbek Elmurotov, Arslon Jumaboyev, Arslon Xo‘janazarov, Vohidjon Yo‘ldoshev, Ajiniyoz Saparniyozov, Dinmuhammad Nurmuhammedov o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA