Mamlakat stol tennisi federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishida Afina olimpiadasi ishtirokchisi Manzura Inoyatova, Rio Olimpiadasi qatnashchisi Zohid Kenjayev kabi mahoratli kichik raketka ustalarini kamolga yetkazgan tajribali murabbiy Georgiy Soy stol tennisi bo‘yicha milliy terma jamoa bosh murabbiyi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan bir qator masalalar muhokama qilindi. Yozgi Osiyo o‘yinlari, “Parij-2024” Olimpiadasiga tayyorgarlik, joriy yilda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda reja asosida ishtirok etish borasida fikrlar bildirildi. Ishtirokchilarga O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar kengashi hamda hakamlar hay’ati a’zolari tanishtirildi.
Federatsiya raisi o‘rinbosarlari, hududiy bo‘lim mutasaddilari, ijrochi direktorlar, murabbiy va mutaxassislar qatnashgan yig‘ilishda A.Hakimov, A.Polegayev, G.Sharafova, A.Shiriyev, A.Karimov murabbiylar kengashi a’zolari sifatida tanishtirildi.
Shuningdek, muhokamalar davomida R.Orazmetov hakamlar hay’ati raisi, M.Hamidov, B.Urazov, O.Babajanov, M.Saitqulov, F.Majitov, M.Aitova hay’at a’zoligidan joy oldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA