Tokio hali ham Kunashir, Xabomai, Shikotan va Iturup orollarining kimga tegishli ekaniga aniqlik kiritish uchun muzokaralar olib borish niyatida, deb bayonot berdi Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida parlamentda so‘zga chiqib.

“Singapurda oliy darajada erishilgan kelishuv hamda undan keyingi bitimlarni hisobga olgan holda harakat qilamiz. Singapurda 1956 yilda imzolangan qo‘shma deklaratsiya asosida muzokaralarni tezlashtirish haqidagi so‘z borgan edi. Haqiqatan ham o‘shanda ikki orol bo‘yicha ishlarni boshlash aytilgan edi, biroq hukumatning pozitsiyasi hozir to‘rt orolning ham kimga tegishli ekaniga aniqlik kiritishdan hamda tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralarni ildamlashtirishdan iborat”, – dedi Kisida.

Yaponiyaning uqtirishicha, u Kuril tizmasidagi to‘rtta orolga da’vo qilishga haqli, garchi Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha ushbu orollar sobiq SSSR hududiga aylangan bo‘lsada. Moskva pozitsiyasi esa o‘sha orollar ustidan Rossiya suverineti o‘rnatilgani va uni o‘zgartirib bo‘lmasiligi ta’kidlaydi.