Fotoreportaj

“Devis Kubogi” saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston tennis terma jamoasi AQSHga qarshi ikkinchi kun o‘yinlarini o‘tkazdi.

Uchinchi bahsda Sanjar Fayziyev/Sergey Fomin tandemi Ostin Kraychek va Rajiv Ram juftligiga qarshi o‘yin o‘tkazib, 2:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.

To‘rtinchi o‘yin doirasida Sergey Fomin – Tommi Pol bahsi o‘tkazilishi lozim edi, biroq murabbiylar qaroriga ko‘ra, 17 yoshli Amir Milushev Denis Kudlaga qarshi o‘ynab, 4:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston tennis terma jamoasi “Devis Kubogi”ning bu yilgi saralash bahslaridagi yurishini to‘xtatdi.

“Devis Kubogi” O‘zbekiston — AQSH – 0:4

3 fevral

1. Sergey Fomin – Makkenzi Makdonald – 4:6, 1:6.

2. Humoyun Sultonov – Tommi Pol 1:6, 6:7.

4 fevral

3. Sanjar Fayziyev/Sergey Fomin — Ostin Kraychek/Rajiv Ram 2:6, 4:6.

4. Amir Milushev – Denis Kudla 4:6, 4:6.

 

Muhammad AMIN (surat), O‘zA