Turkiya va Suriyada yuz bergan kuchli yer silkinishi Aleppo shahrining tarixiy markazini ham vayron qildi, deb yozmoqda xorijiy ommaviy axborot vositalari.
Xabarlarda ta’kidlanishicha, shaharning bir qancha tumanlarida, jumladan, Fardus, Salaxiddin va Buston al-Qasrda juda ko‘p binolar qulab tushgan. Ularning ko‘pchiligi tarixiy binolar ekani aytilmoqda. Ayniqsa, YUNESKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy markazlar tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgani aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, bu yerda bir qancha masjidlar vayron bo‘lgan, deb yozmoqda Ozarbayjonning Azertaj agentligi.