Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ayrim sudyalarni navbatdagi muddatga, ayrimlarini muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlashga oid masala ko‘rib chiqildi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Rajabov Ozodjon Obidovich – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Mixliyev Saydulla Hasanovich – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va  shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Xudoyqulov Zokir Normurodovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Xolov Ixtiyor Izmurotovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

 

O‘zA