Namangan shahrida yashovchi, 1991 y.t. S.M. ijtimoiy tarmoqlar orqali destruktiv kuchlar ta’siriga tushib qolgan va natijada «Telegram» messenjerida virtual guruh tashkil qilgan.

Guruhga Namangan shahrida yashovchi, 1986-1995 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 9 nafar shaxs a’zo bo‘lgan.

O‘z navbatida, S.M. guruhga terroristik va ekstremistik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan «Sodiq Samarqandiy», «Abdulloh Zufar», «Abdulloh Buxoriy», «Mahmud Abdulmo‘min», «Abu Saloh»larning «hijrat» va «jihod» to‘g‘risidagi ma’ruzalarini joylab, guruh a’zolarini Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishga da’vat qilgan.

DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining viloyat IIB bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Hozirda holat yuzasidan S.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, guruh a’zolarining xatti-harakatlariga nisbatan ham tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

O‘zA