O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida joriy yilning 28 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari, toshqinlar va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan edi.

Ushbu yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Axmedov, viloyat IIB boshlig‘i Azat Tasbayev, Xatirchi tumani hokimi Sayfiddin Nizamov hamrohligida 3-sektor hududida joylashgan “Qo‘rg‘oncha” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi qirg‘og‘ini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ayni paytda tumanda sel kelishi xavfi mavjud bo‘lgan hududlar o‘rganilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

 

A.Bo‘riyev,  

O‘zA