Toshkentda Koreya iqtisodiy innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlik dasturi – “EIPP” (The Economic Innovation Partnership Program)ning O‘zbekiston bilan loyihalari doirasida o‘zaro hamkorlik masalasi va kelgusi choralar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Eksimbank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi, mahalliy vazirlik va idoralari vakillari, shuningdek, yetakchi konsalting kompaniyalar ekspertlari ishtirok etdi.

Anjuman doirasida EIPP loyihalari doirasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan, fotoelektr panellari ishlab chiqarish, yarim o‘tkazgichli elektronika innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish klasterini yaratish yo‘nalishlarida taqdimot o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunida kelgusi muloqot shakli belgilab olindi, 2023 yilga mo‘ljallangan dastur doirasidagi hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” muvofiqlashtirildi.

O‘zA