Poytaxtimizda “O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid dolzarb masalalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi,  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutasaddilari,  tarixchi, arxeolog, sharqshunos, muzeyshunos olimlar, soha mutaxassislari, tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Konferensiya qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markazi huzuridagi muzey konsepsiyasini takomillashtirish, uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni izchil va sifatli bajarish mavzularini muhokama qildi.

Soha olimlari Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ma’qulladi.

Ayni paytda o‘zbek ma’rifatparvarlari – jadidlar, vaqf, tariqatlar, islomdan oldingi davr mavzulariga ko‘proq ahamiyat berish zarurligini ta’kidladilar.

Bildirilgan takliflar asosida tavsiyalar ishlab chiqiladi.

 

O‘zA