Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakatda navbatdagi prezidentlik va parlament saylovlari 14 may kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda “euronews” xabar berdi.
O‘tgan yildan beri saylovlar 2023 yilning iyun oyida o‘tishi rejalashtirilayotgani haqida gapirib kelinayotgan edi.
Saylovlarning ertaroq muddatga ko‘chirilishi sababini davlat rahbari mehnatkashlar va talabalar uchun ta’til mavsumining boshlanishi va ayni o‘sha paytda yuz mingdan ortiq turk fuqarolarining Haj ziyoratida bo‘lishi bilan bog‘liq holatlar hisobga olingani bilan izohladi.
“TRT” telekanalining ma’lum qilishicha, bundan 73 yil avval Turkiyaning demokratik partiyasi ayni shu kuni parlament saylovlarida g‘olib bo‘lgandi, o‘shanda mamlakatda ilk bor siyosiy partiya yakkahokimligiga barham berilgan edi.
“Saylovlarning 14 may kuniga belgilashda davlat tarixidagi bu muhim voqea ham hisobga olindi”, dedi Prezident Erdog‘an.
O‘zA