Xitoyning Lyaonin provinsiyasida kimyoviy zavodda sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng besh nafar fuqaro halok bo‘ldi, sakkiz kishining taqdiri hozircha noma’lum.

“Sinxua” agentligi yozishicha, hodisa Panshandagi sulfat kislotani qayta ishlash zavodida profilaktika  olib borilayotgan payt yuz bergan. Majmuada qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti.

– Hukumat tomonidan amaliyotga professional bo‘linmalar, jumladan, 443 nafar o‘t o‘chiruvchi va 105 texnika vositasi safarbar etilgan, – deyilgan xabarda.