– Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining doimiy va vaqtinchalik a’zolari sonining ko‘payishi dunyodagi vaziyatni yaxshiroq aks ettirish imkonini beradi, – dedi Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi.
BMT yig‘ilishida vazir qonun ustuvorligi va qonuniy tartibni saqlash muhim ekanini ta’kidlagan. U shuningdek, xalqaro xavfsizlikni saqlashga xalqaro huquqni hurmat qilmasdan erishib bo‘lmasligini ma’lum qildi.
– Huquq ustuvorligi atrofida yana bir bor birlashaylik. Qonun ustuvorligi biz uchun asosiy so‘z bo‘lishi kerak. BMTning «ko‘p tomonlama va qonun ustuvorligi ustuni» sifatidagi funksionalligini rivojlantirish juda muhim, – degan Yaponiya TIV rahbari.
O‘zA