Ozarbayjon milliy aviakompaniyasi (AZAL) Bakudan Urganch shahriga aviaqatnovlarni tashkil etmoqda. 28 yanvardan «Ozarbayjon havoyo‘llari» haftada bir marta shanba kunlari Baku-Urganch-Baku yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

AZERTAJ agentligining aviakompaniya matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, Urganch AZAL yo‘lovchi samolyotlarining qatnovlari tashkil etilgan O‘zbekistonning to‘rtinchi shahri bo‘ladi. Hozirgacha mazkur aviakompaniya havo kemalari Bakudan Toshkentga (dushanba, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari), Samarqandga  (seshanba va juma kunlari) hamda Farg‘onaga (payshanba kunlari) qatnamoqda.

Aviaqatnovlarga faqat COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy qilingan cheklovlar sharoitida parvoz qilishga ruxsat berilgan yo‘lovchilar qo‘yiladi, deyiladi xabarda.