Yaponiyada koronavirusdan bir kunda 523 kishi vafot etdi, deb yozmoqda Kiodo agentligi.

Bu pandemiya boshlangandan keyingi o‘tgan uch yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Avvalgi rekord ikki kun avval qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda bir kunda 520 kishi vafot etgan.

Dekabr boshlangandan buyon Yaponiyada koronavirus oqibatida o‘lim holatlari keskin ko‘paydi. Pandemiya boshlangandan keyingi o‘tgan uch yilda koronavirusdan  60,4 ming kishi qurbon bo‘ldi.

O‘tgan uch yilda jami o‘lim holatining oltidan bir qismi so‘nggi 40 kunga to‘g‘ri kelmoqda, deyiladi xabarda.

Jami o‘lim holatlarining 97 foizi  60 yoshdan oshganlar toifasiga kiradi.