Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi mamlakatning birinchi Prezidenti Askar Akayevga nisbatan “Qumtor” oltin koni bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha tergov ishini to‘xtatdi. Bu haqda respublika prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Shunday qilib, Akayevga qo‘yilgan barcha jinoiy ayblovlar olib tashlandi”, deyiladi xabarda.

Aytilishicha, avvalroq davlatning birinchi yetakchisiga nisbatan boshqa epizodlar bo‘yicha ishlarning tergovi to‘xtatilgan edi.

Akayev 1990 yil oktyabridan to 2005 yilgacha Qirg‘izistonga rahbarlik qilgan. Mamlakatda boshlangan “rangli inqilob”dan keyin xavfsizlik nuqtai nazaridan u oilasi bilan mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi. O‘shandan beri u Moskvada yashab, dars berib kelgan.

O‘zA