Tesla kompaniyasi AQSHning Texas shtati, Ostin shahridagi zavodini kengaytirish uchun taxminan 770 million dollar sarmoya kiritish rejasini e’lon qildi.
Texas litsenziyalash va ro‘yxatga olish departamentiga topshirilgan hujjatga ko‘ra, kompaniya joriy yil zavodda yangi ob’ektlar, jumladan, akkumulyatorlarni sinovdan o‘tkazish moslamasini qurishni maqsad qilgan. Shuningdek, korxona shtamplash sexini ham tashkil etishni ko‘zlayapti.
TechCrunch portali xabar berishicha, Ostindagi zavod 2022 yil aprelda ochilgan. U yerda Tesla Y model avtomobillari yig‘iladi. Kompaniya bosh direktori Ilon Mask shtatdagi zavodda ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi bilanoq Cybertruck ishlab chiqarishga e’tibor qaratilishini ma’lum qilgan.
O‘zA