O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 iyulda qabul qilingan PF–3781-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashining 2022 yilgi Davlat mukofotlari bo‘yicha taklifiga asosan mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san’atini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun:
Birinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:
fan va texnika sohasida:
Sanakulov Kuvandik, Snitka Nikolay Pavlovich, Usmanov Rustamjon, Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, Mustakimov Otabek Mannabiyevichga – “Texnologik va ishlanishi murakkab bo‘lgan oltin tarkibli ma’danlarni qayta ishlash va o‘zlashtirishning kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlanmasi uchun;
adabiyot sohasida:
Karimov Naim Fatixovichga – “Abdulla Qodiriy zamondoshlari” asari uchun;
san’at va me’morchilik sohasida:
Alikulov Alisher Maxmudovichga – Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi hamda Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyida ishlangan mahobatli rangtasvir asarlari uchun.
Ikkinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:
fan va texnika sohasida:
Kvint Vladimir Lvovichga – “Amir Temurning strategik yetakchiligi: “Tuzuklar”ga izohlar” ilmiy monografiyasi uchun;
san’at va me’morchilik sohasida (san’at va me’morchilik sohasida ko‘zda tutilgan 1 ta ikkinchi darajali Davlat mukofoti o‘rniga 2022 yil uchun istisno tariqasida 2 ta ikkinchi darajali Davlat mukofoti berilishi belgilansin):
Mirtadjiyev Djalalitdin Tursunovichga (marhum) – mustaqillik yillarida O‘zbekistonda va bir qator xorijiy mamlakatlarda ishlangan haykaltaroshlik asarlari uchun;
Muxammeddinov Najimaddinga – “Gulla-yashna, O‘zbekistonim!” simfonik poemasi, “Ayjamal” baleti va “Guloyim” operasiga yozilgan musiqiy kompozitsiyalari uchun.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev