Unda Bosh prokuratura, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda poraxo‘rlikka oid jinoyat haqidagi ariza va xabarlar bo‘yicha tezkor – qidiruv tadbirlari va tergovga qadar tekshirish o‘tkazish hamda jinoyat ishlari yuzasidan tergov ahvoli ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida bu toifadagi jinoyatlarni aniqlash va fosh etish bo‘yicha o‘tkaziladigan tezkor – qidiruv tadbirlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davomida qonun talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi va “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.
Jinoyatlarni jilovlash, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ushlash va jazo muqarrarligini ta’minlash borasida mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Tadbir davomida jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni to‘liq hisobga olish, profilaktika tadbirlarining haqqoniy o‘tkazilishi ustidan nazorat o‘rnatish, har bir mahalla va tuman (shahar)larni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga ajratish va real jinoyat o‘choqlari bo‘yicha mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ushbu yo‘nalishni nazoratga olish bo‘yicha aniq talablar qo‘yildi.
Yig‘ilish yakunida viloyat prokuraturalari, ichki ishlar boshqarmalari va tegishli boshqa organlarning soha uchun mas’ul rahbarlarining axborotlari eshitildi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va muhokama qilingan sohalarda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.
N.Abduraimova, O‘zA