Joriy yilning 28 yanvar – 1 fevral kunilari boks bo’yicha Hindistonda o’tkazilgan “Indian Open” xalqaro turnirida O’zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 oltin va 2 kumush medalni qo’lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egallagan edi.
O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi, Milliy olimpiya qo’mitasi va Boks federatsiyasining takliflarini inobatga olib “Indian Open” xalqaro boks musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bokschilar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Musobaqada oltin medalni qo’lga kiritgan Xudoynazar Fayzov, Abdulhay Shorahmatov, Bobo-Usmon Boturov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov 25 million so’m bilan, kumush medali sohiblari –Iqbol Xoldorov va Sanjar Tursunov esa 15 million so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, bosh murabbiy Marat Qurbonov va katta murabbiy To’lqin Qilichevga 12 million so’m pul mukofotlari berildi.
Javohir Toshxo’jayev, O’zA