O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi.
Shu munlsabat bilan Janubiy Koreyaning eng ommabop nashrlaridan biri — “The Korea Post” jurnalining ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro almashuvlar yiliga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi.
Jurnalda 2021 yil dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqqani alohida ta’kidlangan. O‘zaro manfaatli hamkorlik, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashda imzolangan hujjatlar alohida o‘rin tutishi aytilgan.
Shuningdek, maqolada “Yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish va kuchli ijtimoiy himoya siyosati sohalari alohida strategik sheriklikning uch muhim yo‘nalishi sifatida belgilangani ta’kidlangan.
Jurnalning maxsus sonida 30 yillik munosabatlar bilan birga, istiqboldagi yo‘nalishlar haqida ham atroflicha fikr yuritilgan.
O‘zA