Qator OAV vakillarining murojaatiga muvofiq ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi tomonidan Xarkov shahrida diplomatik vakolatxonaga qarashli transport vositasi zararlangani haqidagi xabarlar tasdiqlandi.
Diplomatik vakolatxona axborotiga ko‘ra, fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq tezkor masalalarni hal etish chog‘ida avtorurargohda turgan elchixona mikroavtobusi shrapnel tomonidan zararlangan.
Hodisa tufayli O‘zbekiston fuqarolari, elchixona xodimlari jarohatlanmagan.