Ukrainaga qarshi ilk bor qit’alararo ballistik raketa uchirildi. Boshqacha aytganda, RF Harbiy-Havo Kuchlari urushda minglab kilometr masofani bosib o‘tadigan kuchli yadroviy quroldan foydalana boshladi. Bunday aslaha bugungi havo hujumi payti qo‘llangan.
“Reuters” xabariga ko‘ra, 33 oydan beri davom etayotgan ziddiyat asnosida, Moskva ayni harakatni, Ukraina shu hafta RF ichkarisidagi nishonlarga qarat AQSH va Britaniya raketalarini otgach, amalga oshirgan.
Qit’alararo ballistik raketa (ICBM) yadroviy kallak yetkazib berishga mo‘ljallangan strategik qurol bo‘lib, Rossiya yadroviy tiyib turish vositalarining muhim bo‘lagi hisoblanadi.
Ukrainaliklar raketa qanday kallak tashigani va qaysi rusumga mansubligiga aniqlik kiritmagan. Raketa ichida yadro quroli mavjudligi haqida ham hech qanday dalil yo‘q.
Rossiya Dneprdagi korxonalar va boshqa muhim infratuzilma manzillarini nishonga olgan. ICBM nimani nishonga olgani yoki qaysi joyni vayron qilgani haqida aniq ma’lumot berilmagan. Viloyat gubernatori Sergey Lisak aytishicha, hujum natijasida sanoat korxonasiga zarar yetgan, yong‘in chiqib, ikki kishi jarohatlangan.
RF tomonidan Kinjal giper tovushli raketa va oltitasi urib tushirilgan yetti dona Kh-101 qanotli raketa ham uchirildi, deyilgan Ukraina HHK bayonotida.
Darvoqe, urush boshlanganiga 1000 kun bo‘ldi. Afsuski, hamon begunoh aholi nobud bo‘lyapti, binolar vayron qilinyapti.
Musulmon Ziyo, O‘zA