Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning bayonot berishicha, mamlakat NATOga a’zo bo‘lish yo‘lidan voz kecha olmaydi, chunki alyansga a’zolik Kiyev uchun “xavfsizlik kafolati” hisoblanadi. Uning chorshanba kuni aytgan ushbu so‘zlarini Britaniyaning Bi-bi-si korporatsiyasi keltirmoqda.
“Ukrainaga xavfsizlik kafolati zarur. NATO – bu bizning xavfsizlik kafolatimizdir. Kafolat shuki, biz mustaqilligimizdan ajralib qolmaymiz”, dedi Zelenskiy.