O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Pokiston strategik sherikligining bugungi holati va tomonlarni qiziqtirgan sohalarni har tomonlama rivojlantirish istiqboli muhokama qilindi.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Turli darajadagi bo‘lajak rasmiy uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Tashqi ishlar vazirligi

matbuot xizmati