Yurtimiz ko‘chalarida harakatlanayotgan yengil avtomobillar soni ham, turi ham yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Buni har kuni o‘zimiz ko‘rib, guvohi bo‘layapmiz. Ular orasida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mashinalar bilan birga, xorijdan import qilingan yengil avtomobillar ham ko‘payib borayotgani quvonarli hol.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonga 26 ta xorijiy davlatlardan qiymati 588,2 million dollarga teng bo‘lgan 27 067 ta yengil avtomobil import qilingan. Yengil avtomobillar importi 2020 yil bilan solishtirilganda, 1 348 taga oshgan.

O‘tgan yilda O‘zbekistonga yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar bu — Xitoy (8 880 ta), Koreya (6 472 ta), Rossiya (4 539 ta), Qozog‘iston (4 470 ta), Polsha (1 204 ta), AQSH (490 ta), Litva (428 ta), Tailand (250 ta), Germaniya (115 ta) va Yaponiya (97 ta) hisoblanadi.

Shuningdek, 2021 yilda yurtimizga 809 ta elektromobil import qilingan.