Prezidentimizning “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 apreldan Toshkent shahridagi barcha poliklinika va tuman tibbiyot birlashmalari laboratoriyalarini markazlashtirish belgilandi.

Shuningdek, 2022 yil yakuniga qadar tajriba sifatida har bir hududdan bittadan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi muassasalarining laboratoriyalarini markazlashtirish va davlat-xususiy sheriklik asosida autsorsingga berish choralari ko‘riladi.

O‘zA