Prezident Shavkat Mirziyoyev yigʻilishda jahonning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari boʻlgan yaqin hamkorlarimiz va yangi sheriklarimiz ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirdi.
Kengash o‘tgan davrda o‘zining samarali faoliyatini yaqqol namoyon etgani ta’kidlandi. Kengash a’zolarining ko‘magi va alohida e’tibori natijasida islohotlarimizga katta yordam beradigan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Ular ilgari surayotgan g‘oya va tashabbuslar hayotimizning barcha jabhalarida faol tatbiq etayotganini ta’kidlab, Prezidentimiz investorlarga Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.
O‘zA