Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisida kengash a’zolari, investorlar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

Muhokamalar yakunida Prezidentimiz ularning O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikni va konstruktiv muloqotni kengaytirish borasidagi qat’iy intilish va niyatlarini yuksak qadrlashini, mamlakatimizda muvaffaqiyatli biznes yuritishi, o‘zini erkin va ishonchli his etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.

Aytilgan barcha tashabbus va tavsiyalar to‘liq inobatga olinishi qayd etildi.

Hukumat a’zolari, vazirlar, Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimlariga kengash a’zolari bilan muloqotlarni izchil davom ettirish, kiritilgan har bir taklif, aytilgan har bir loyiha bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.

 

O‘zA