Rossiya AQSHning ehtimoliy sanksiyalariga qarshi keskin munosabat bildiradi va u xavfsizlik kafolati bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralarda konstruktiv muhit shakllanishiga imkon bermaydi, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Juda yomon munosabatdamiz. Sanksiyalar o‘zaro maqbul yechimlar qidirib topishga to‘sqinlik qiladi. Ular xavfsizlik kafolati bo‘yicha olib borilayotgan uch bosqichli muzokaralarda konstruktiv muhit shakllanishiga imkon bermaydi”, – dedi u jurnalistlarga.
“Shu bois javob aniq – yomon”, –qo‘shimcha qildi u.
Kuni kecha AQSHning Demokratik partiyasidan saylangan senatorlar taqdim etgan qonun loyihasida, agar Ukraina atrofidagi vaziyat keskinlashtiriladigan bo‘lsa Rossiya iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga qarshi og‘riqli sanksiyalar qo‘llash taklif etildi.