O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 28 dekabrdagi qaroriga muvofiq Farhod Nuritdinovich Arziyev O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

F.Arziyev diplomatiya sohasida 2002 yildan buyon ishlaydi. Vazirlik markaziy apparati hamda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida katta tajriba to‘plagan.

2014-2017 yillarda O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi, 2017-2020 yillarda mamlakatimizning Hindiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Dehli shahrida), 2020-2021 yillarda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.

Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati