O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 2017 -yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Navoiy viloyatlaridagi oltita jazoni ijro etish muassasasida mahkumlar hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha kompleks nazorat olib bordi.

800 dan ortiq mahkumlar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazildi. Ularning shart-sharoitlari, tibbiy xizmatdan qanday foydalanayotgani, muassasalarda mehnatni tashkil qilish, umumiy ta’lim, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Mahkumlar va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslardan tushayotgan murojaatlar soni oshib borayotgani Ombudsmanning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati muhimligidan dalolat beradi. Misol uchun, 2015 -yilda bunday murojaatlar soni 147 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilda 211 tani tashkil etdi. 2017 yilda bu ko‘rsatkich 2,5 barobar ko‘payib, 557 taga yetdi.

Bu haqda batafsil Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ulug‘bek Muhammadiyevning O‘zAga bergan intervyusida tanishasiz.

Saytimizni kuzatib boring.

 

Norgul Abduraimova, O‘zA