Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida xalq vakillari og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish hamda ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirishga qaratilgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasi bilan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Qonun loyihasi bilan fuqarolar yig‘ini mahalla hududida tazyiq va zo‘ravonlik qilgan yoki qilishga moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ular bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etishi belgilanmoqda.

Shuningdek, mehnat organlari tomonidan og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, ish qidirayotgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, kasbga yo‘naltirish choralarini ko‘rishi loyihada o‘z aksini topyapti.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda ham qabul qilindi.

 

Mohigul Qosimova,  O‘zA