O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda milliy madaniyatimiz, tilimiz va sanatimizni yanada chuqurroq targ‘ib qilishga chaqirdi:

– Biz nafaqat milliy madaniyatimizni, tilimizni, san’atimizni ham yetarlicha targ‘ib qilolmayapmiz. Birgina Surxondaryoga xos baxshichilik san’atini olaylik. Bu-shunchaki qo‘shiq kuylash emas, bu butun boshli tarixni hikoya qilishdek mas’uliyatli ish. Biz buni nafaqat qadrlashimiz, balki kelajak avlodlar o‘rtasida qiziqish uyg‘ota olishimiz shart.

 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA