Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

– Namanganda kelgusi besh yilda 7 ta oliygoh tashkil etilib, jami oliy o‘quv yurtlari soni 10 taga yetkaziladi. Ibrat ijod maktabi negizida Chet tillar oliygohi tashkil etiladi.

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 3 ming 600 o‘rinli 9 ta yangi yotoqxona quriladi. Natijada, talabalar turar joyiga ehtiyoj hozirgi 15 foizdan 54 foizga ta’minlanadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA